Сайтка кириу

Район хаккында

Beruniy tumani (sobik Shabboz) 1927 yil 3 iyulda Biybozor va Shabboz volostlari negizida tashkil etilgan. Tumanni tashkil etish bilan bog’liq ishlar 1928 yilning fevral, may oylarida yakunlangan.

1957 yil 4 iyulda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan olim Abu Rayxon Beruniy Xorazmning qadimiy poytaxti Katga yakin joyda tug’ilganligi ilmiy jamoatchilik tomonidan o’z tasdig’ini topgach, Shabboz tumaniga Abu Rayxon Beruniy nomi berildi. Mana shu vaqtdan beri tuman buyuk vatandoshimizning muborak nomi bilan atalib kelmoqda.

2015 yil 1 yanvar holatiga tuman aholisi soni 173,7 ming kishini tashkil etadi. Shundan 62,8 ming kishi shaharda, 110,9 ming kishi qishloqda yashaydi.

Tumanda bitta tuman qaramog’idagi shahar, 23 ta mahalla, 1 ta shaharcha tipidagi posyolka va 13 ovul fuqarolar yig’inlari bor.

Tuman Amudaryoning o’ng sohilida joylashgan bo’lib, 72 kilometrga cho’zilgan. Jami maydoni 3,9 ming kv.km. 28853 gektar ekin maydoniga ega. 255 ming gektar yerni Qizilqum cho’llari, Sulton Uvays tog’ tizmalari, Bodoy, Tolliq, Sariotov tuqayzorlari, Oqchako’l, Aezko’l, Moshliko’l, Chakako’l, Okko’l, Polvoshko’l kabi tabiiy suv havzalari tashkil etadi.

Beruniy tumani shimoliy-sharqdan Ellikqal’a tumani, g’arbdan Amudaryo tumani, shimoliy-g’arb tomonidan Qorauzak, Taxtako’pir tumanlari o’rab turibdi, Janubda Xorazm, janubiy-sharqda Buxoro viloyatlari bilan chegaradosh. Tumandan Respublika poytaxti Nukus shahrigacha bo’lgan masofa 152 qilometr.

Sulton Uvays tog’ tizmasi dengiz sathidan 473 metr balandilikda joylashgan bo’lib, uning qa’rida marmar, granit, bazalt, feruza, oxaktosh kabi o’nlab ma’dan zahiralari mavjud.

Tuman keskin kontinental iqlimga ega. Harorat yozda 38-48 daraja issiq, qishda 45 darajagacha sovuq bo’ladi. Sovuq ob-havo 70-80 kun davom etadi. Yer osti suvlari 0,5 metrdan 3 metrgacha chuqurlikda joylashgan.

Beruniy tumanida Kat qal’a, Filqal’a, Qizilqal’a, Aqchaxonqal’a, Qoratepa, Ayozqal’a, Sulton Uvays bobo maqbarasi shuningdek, boshqada o’nlab tarixiy-arxeologik yodgorliklar bor.